Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Roma" Shomurodovning asosiy raqobatchisini sotib yubormoqchi

"Roma" Shomurodovning asosiy raqobatchisini sotib yubormoqchi

Ukrainalik markaziy hujumchi Artyom Dovbikning o‘yini "Roma"ga ma’qul kelmayapti. Calciomercato nashri jurnalistlarining ma’lum qilishicha, Rim klubi rahbariyati hujumchini sotib yuborib, uning o‘rniga boshqa hujumkor futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Dovbikka da’vogarlar orasida Milanning "Inter" va "Napoli" klublari tilga olinmoqda. Hujumchining ehtimoliy transfer summasi 25 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Italiya chempionatining joriy mavsumida ukrainalik 28 ta o‘yin o‘tkazdi. Dovbik o‘z hisobiga 11 ta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Artyomning rimliklar bilan mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Kiritildi: 17:05 19.04.2025. O'qildi: 1163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!