Evan Fergyuson "Roma" futbolchisiga aylandi.
Rim klubi "Brayton" va Irlandiya terma jamoasi hujumchisini ijaraga olganini e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, italiyaliklar futbolchini 40 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujumchi o‘tgan mavsumda "Brayton" safida APLda 13 ta o‘yinda 1 ta gol urgan. Qishda u "Vest Xem"ga ijaraga o‘tdi va u yerda 8 o‘yinda gol ura olmadi.