Madridning «Real» klubi yozda 24 yoshli vinger Rodrigo Goesni rasmiy taklif kelib tushgan taqdirda futbolchini sotishga tayyor. Bu haqda "El Chiringuito" xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati braziliyalik futbolchi joriy mavsumda yetarlicha o‘yin amaliyoti olganini, ammo undan kutilayotgan darajada o‘yin namoyish etmaganini ta’kidlamoqda.
Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushdi, 13 ta gol urib, 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha davom etadi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Rodrigoning bozor qiymati 100 million yevroni tashkil qiladi.