Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Robot-itlar Xitoyni zabt etdimi?

Robot-itlar Xitoyni zabt etdimi?

Robot-itlar xitoyliklarning kundalik hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda, ular sanoat monitoringidan tortib, qariyalarni parvarish qilish va boshqa xizmatlarni taqdim etmoqda.

Robot-itlar turli kasbiy sohalarga faol ravishda kiritilmoqda. Jumladan, Pekinda ular o‘rmonlarni o‘t o‘chiruvchilar bilan qo‘riqlaydi, Ningbo shahridagi Chjoushan portida konteynerlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazadi va Qingdao shahrida qutqaruv xizmatlariga yordam beradi. Ular zaryadlashsiz 3,6 soatgacha ishlaydi.

Shandun provinsiyasidagi Taishan tog‘larida robot-itlar “aqlli yuk ko‘taruvchi” vazifasini bajarib, 120 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni ko‘tarib, chiqindi yig‘ish samaradorligini sezilarli darajada oshirmoqda.

Shuningdek, Xitoydagi maktablarda robot-itlar mashqlarni bajarish, raqslar namoyish qilish va “aqlli murabbiy” vazifasini bajaradi.

Xitoyning eng yirik onlayn-bozorlaridan biri bo‘lgan Tmall ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyidan beri “AI-robotlar” bo‘yicha qidiruv so‘rovlari 21 barobar, 27 fevraldan 8 martgacha bo‘lgan sotuvlar davridagi sotuvlar esa 400 foizga oshgan. Shu bilan birga, to‘rt oyoqli robot-itlar yorqin savdo xitiga aylandi. Tadqiqotchilarning prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga borib to‘rt oyoqli robotlarning jahon bozori 8 milliard yuandan (1,11 milliard AQSh dollari) oshib, 560 ming donadan ortiq savdoni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:51 27.05.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!