Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rizo Pahlaviy Donald Trampni Erondagi vaziyatga “aralashishga tayyor bo‘lishga” chaqirdi

Rizo Pahlaviy Donald Trampni Erondagi vaziyatga “aralashishga tayyor bo‘lishga” chaqirdi

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Eronning so‘nggi shohini o‘g‘li, ko‘p yillardan beri Qo‘shma Shtatlarda yashab kelayotgan va o‘zini Erondagi hozirgi norozilik namoyishlarining tashabbuskori deb atayotgan Rizo Pahlaviy AQSh prezidentidan vaziyatga “aralashishga tayyor bo‘lishni” so‘radi, deya xabar bermoqda nashr.

"Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘zining jinoyatchi rejimi xalq qo‘li bilan yakun topishidan qo‘rqib, hamda sizning namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi va’dangiz yordamida, ko‘cha namoyishlarini shafqatsizlarcha bostirish, yosh qahramonlarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda", — deb yozdi u.

Pahlaviyning ta’kidlashicha, bir kun avval Eronda odamlar uning chaqirig‘i bilan ko‘chalarga chiqqan va yana chiqishga tayyor.

"Sizdan yordam so‘rayman. Iltimos, Eron xalqiga yordam berish uchun vaziyatga aralashishga tayyor bo‘ling", — deya qo‘shimcha qildi Eron shohining o‘g‘li.

Kiritildi: 23:47 09.01.2026. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!