Hukumatning Rishton tumanini kompleks rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilmoqda.
Qaror bilan tasdiqlangan DASTURga ko‘ra, ushbu tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 83 ta investisiya loyihalari bajariladi.
Shuningdek, 2019-2021 yillarda tumanda maqsadli dasturlar asosida 1000 ta arzon uy-joylar qurilishi hamda 7 181 ta yangi ish o‘rni yaratish nazarda tutilmoqda.
Dastur ijrosi har chorakda mahalliy kengashda muhokama qilib boriladi.