Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rimda kurash sport turi bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda

A A A
Rimda kurash sport turi bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda Rim shahrida joylashgan “Viale Dai Romanisti” sport majmuasida o‘zbek milliy sport turi sanalgan kurash bo‘yicha murabbiylar uchun seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Xalqaro kurash instituti, Xalqaro kurash assosiasiyasi va Italiya kurash akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda italiyalik bir guruh kurash mutaxassislari kurashning 7 ta asosiy usullariga tegishli bo‘lgan texnikalarni o‘rganish asnosida ushbu usullarning to‘g‘ri bajarilishini nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqmoqda.

Seminar mashg‘ulotlarini o‘zbekistonlik bir guruh kurash mutaxassislari, jumladan Xalqaro kurash assosiasiyasi bosh kotibi Rizo Nosiriy va kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining tajribali murabbiyi Olim Ravshanov olib bormoqda.

Xalqaro kurash assosiasiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kurashning Yevropada rivojlanishi va ommaviyligini ta’minlashga qaratilgan bunday tadbirlarni ko‘hna qit’aning boshqa shaharlarida ham uyushtirish nazarda tutilgan.

Kiritildi: 09:27 26.02.2024. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!