Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rim papasining ahvoli og‘ir bo‘lib qolmoqda: tafsilotlar

Rim papasining ahvoli og‘ir bo‘lib qolmoqda: tafsilotlar

Rim papasi nafas olish sohasidagi og‘ir kasallik sabab murakkab ahvolda qolmoqda.

Vatikanning ma’lum qilishicha, Papa Fransiskning "uzoq davom etgan astmaga o‘xshash nafas olish kasalligi"dan keyin ahvoli og‘irligigicha qolmoqda.

Bayonotda aytilishicha, 88 yoshli pontifik holati “kechagidan ham yomonroq” va unga qon quyilgan.

Vatikanning ta’kidlashicha, qon quyish anemiya bilan bog‘liq trombositlar darajasi pastligi sababli zarur deb topilgan.

Rim papasi 14 fevraldan beri Rimdagi Agostino Gemelli shifoxonasida qo‘shaloq pnevmoniyadan davolanmoqda. Bronxit bilan og‘riganidan keyin nafas olish qiyinligi sababli shifoxonaga yotqizilgan.

Kasalligi tufayli Rim papasi Fransisk o‘zining an’anaviy yakshanba kungi va’zini ketma-ket ikkinchi hafta o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 12:50 23.02.2025. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!