Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rim papasi xorijga ilk safarini Turkiyadan boshladi

Rim papasi xorijga ilk safarini Turkiyadan boshladi

Rim papasi Lev XIV xorijga ilk safari doirasida Turkiyaga jo‘nadi, deb xabar berdi Reuters.

Amerikalik ilk papa bugungi kunda ko‘pchilik nasroniylar e’tiqodining asosi sifatida saqlanib qolgan Nikeya (hozirgi Iznik) shahrida bo‘lib o‘tgan soborning 1700 yilligini nishonlash uchun xorijiy sayohatini Turkiyadan boshladi, deyiladi xabarda.

Rim papasi Turkiyada uch kun turadi va Livanga yo‘l oladi. Uning ilk xorijiy nutqlari va madaniy ob’ektlarga tashrifi jahon ommaviy axborot vositalari diqqat markazida bo‘ladi.

«Bu juda muhim safar, chunki biz Levning geosiyosiy qarashlari haqida hali ko‘p narsa bilmaymiz. Yangi papa o‘z qarashlarini ochiqlashi uchun bu birinchi katta imkoniyatdir», — dedi italiyalik Vatikan bo‘yicha tadqiqotchi Massimo Fajioli.

Kiritildi: 15:03 27.11.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!