Rim papasi Lev XIVning o‘pkasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Vatikan matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli, belgilangan vaqtda va kutilganidek yakunlandi», — deyiladi Muqaddas Taxt matbuot xizmati bayonotida. Ushbu ma’lumotni Vatican News nashri keltirgan.
Ma’lum qilinishicha, 71 yoshli pontifik Rim shahridagi «Jemelli» shifoxonasida operasiya qilingan. Shifokorlar uning o‘pkasida avvalroq aniqlangan kichik tugunsimon hosilani olib tashlagan.
Kutilishicha, Lev XIV operasiyadan keyingi tiklanish jarayonini o‘tash uchun taxminan bir hafta shifoxonada qoladi.