Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rim 2036 yoki 2040 yilgi Olimpiadaga mezbonlik qilish uchun ariza bermoqchi

Rim  2036 yoki 2040 yilgi Olimpiadaga mezbonlik qilish uchun ariza bermoqchi

Italiya poytaxti meri Roberto Gualtyeri 2036 yoki 2040 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun ariza tayyorlash niyati borligini bildirdi.

Shahar merining so‘zlariga ko‘ra, yirik sport tadbirlari shahar ma’muriyati tomonidan iqtisodiy o‘sish va infratuzilmani rivojlantirish omili sifatida ko‘rib chiqilmoqda. R. Gualtyeri yangi stadionlar qurilishi bo‘yicha ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi: «Roma» futbol klubi uchun arena loyihasi ilgarilamoqda, shu bilan birga 2032 yilgi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik doirasida «Lasio» uchun ob’ekt barpo etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Uning ta’kidlashicha, ushbu tashabbuslar Rimning Olimpiadaga mezbonlik qilish bo‘yicha arizasini mustahkamlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rim 1960 yilda Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan. 2020 va 2024 yilgi Olimpiadalarga nomzod bo‘lishga urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan: birinchi holatda loyiha hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan, ikkinchi holatda esa o‘sha paytdagi shahar meri Virdjiniya Radji arizani qaytarib olgan.

Hozircha Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga rasmiy ariza berilmagan. Gap shahar loyihasi real deb topilgan taqdirda Italiya hukumati va Milliy olimpiya qo‘mitasi (CONI) bilan hamkorlik qilishga siyosiy tayyorligi haqida boryapti.

Italiya matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, CONI «Rim plyus Neapol» formati variantini ko‘rib chiqmoqda, ya’ni musobaqalarning bir qismi Neapolda o‘tkazilishi mumkin. 2036 yoki 2040 yildan qaysi biri tanlanishi hozircha hal etilmagan. 2026 yilgi Milan va Kortinadagi Qishki Olimpiada o‘yinlaridan keyin moliyaviy masalalarni hal etish zarurati cheklovchi omil sifatida tilga olinyapti.

2036 yilgi Olimpiadaga ehtimoliy da’vogarlar orasida Hindiston, Turkiya, Chili va Indoneziya tilga olinyapti. Janubiy Koreya, JAR, Vengriya, Misr, Kanada, Saudiya Arabistoni va Qatar ham o‘z nomzodlarini ilgari surishi mumkin.

Kiritildi: 23:40 23.09.2026. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!