Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Rheinmetall Ukrainadagi tinchlikparvar kuchlarlarni qurollantirishga tayyor

Rheinmetall Ukrainadagi tinchlikparvar kuchlarlarni qurollantirishga tayyor

Germaniya mudofaa konserni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tugagandan so‘ng ehtimoliy xalqaro tinchlikparvarlik missiyasini ta’minlashda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda Rheinmetall rahbari Armin Papperger ma’lum qildi.

Hozircha gap faqat nazariy imkoniyat haqida ketmoqda. "Ayni damda hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yo‘q", – dedi Papperger Deutsche Welle nashriga bergan javobida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rheinmetall 2000 dan ortiq turli harbiy mahsulotlarni taklif qila oladi, lekin bu miqdorning "aniq raqamlari haqida gapirishga hali erta". U misol tariqasida 2027 yilga qadar Litvada joylashtirilishi rejalashtirilayotgan nemis tank brigadasini keltirdi. "Ukrainadagi tinchlikparvar kuchlari mavzusiga kelsak, unda tanklar va zirhli mashinalar kun tartibiga kiritilishi mumkin", dedi Papperger. U, shuningdek, Rheinmetall "nemis armiyasi yuk mashinalarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi" ekanligini eslatib o‘tdi.

Avvalroq bir necha Yevropa davlatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Daniya va Shvesiya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 15:03 13.03.2025. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!