Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

RF Fanlar akademiyasi: «Har yuzta rossiyalikdan bittasi OITS bilan kasallangan»

RF Fanlar akademiyasi: «Har yuzta rossiyalikdan bittasi OITS bilan kasallangan»

Rossiya Fanlar akademiyasi e’lon qilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda OITS bilan yashovchilar soni 1 million 250 ming nafarga yetgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich Rossiyada xastalik tarqalish darajasi juda yuqori ekanini anglatadi — deyarli har yuzta rossiyalikdan biri OITS tashuvchisi hisoblanadi.

Ekspertlar so‘nggi yillarda virusning chekka hududlarda, ayniqsa, iqtisodiy imkoniyatlari past bo‘lgan shahar va qishloqlarda tez sur’atda yoyilayotganiga e’tibor qaratmoqda. Profilaktika ishlarining kamligi, tibbiy yordamga kech murojaat qilish va xavfsizlik choralariga rioya etilmasligi holatni yanada og‘irlashtirayotgani qayd etilmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar aholining kasallik haqidagi xabardorligi yetarli emasligini, ayrim mintaqa va tumanlarda skrining qamrovi pastligini ta’kidlamoqda. OITSga qarshi preparatlar bilan ta’minot yaxshilanganiga qaramay, profilaktika va erta aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni kuchaytirish zarurligi bildirilmoqda.

Rossiya sog‘liqni saqlash mutaxassislari vaziyatni nazorat qilish va yangi yuqilishlar oldini olish uchun aholini ommaviy testdan o‘tkazish, ta’lim kampaniyalarini kengaytirish va tibbiy xizmatlarga fuqarolarni jalb qilishni muhim vazifa sifatida ko‘rmoqda.

Kiritildi: Bugun 21:33. O'qildi: 180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!