Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Reuters: Koloradoda isroillik garovdagilarini qo‘llab-quvvatlash aksiyasi ishtirokchilariga hujum uyushtirildi

 Reuters: Koloradoda isroillik garovdagilarini qo‘llab-quvvatlash aksiyasi ishtirokchilariga hujum uyushtirildi

Qo‘shma Shtatlarning Kolorado shtatidagi Boulder shahrida 1 iyun kuni yahudiy jamoasi o‘tkazgan namoyish ishtirokchilariga uyushtirilgan hujum natijasida kamida sakkiz kishi tan jarohati oldi, deb xabar bermoqda agentlik mahalliy hokimiyatga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi qo‘lbola olov purkovchi qurol va “Molotov kokteyl”lari bilan qurollangan holda, 2023 yildan beri HAMAS tomonidan G‘azo sektorida garovda ushlab turilgan isroilliklarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aksiya ishtirokchilariga hujum qilgan.

CNN'ning guvohlarga tayanib xabar berishicha, hujum paytida erkak "Ular qotillar!" va "Sionizmga barham beraylik!" deb baqirgan. Qo‘lga olish chog‘ida esa "Falastinga ozodlik!" deb hayqirgan.

Federal qidiruv byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 52 yoshdan 88 yoshgacha bo‘lgan sakkiz kishi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan, ulardan kamida bir nafari og‘ir ahvolda.

FQB rahbari Kesh Patel bu hodisani "maqsadli terrorchilik hujumi" deb atadi, ammo Boulder shahri polisiyasi boshlig‘i Stiven Redfern jurnalistlarga bergan bayonotida, hozircha qo‘lga olingan shaxsning harakatlariga nima sabab bo‘lganini aytish erta ekanini bildirdi.

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar esa bu voqeani "haqiqiy antisemitizm" deb atadi.

Kiritildi: 15:03 02.06.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!