Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Reuters: AQSh va Eron muzokaralarning navbatdagi raundi joriy yilning 3 may kuni kuni Rimda bo‘lib o‘tadi

Reuters: AQSh va Eron muzokaralarning navbatdagi raundi joriy yilning 3 may kuni kuni Rimda bo‘lib o‘tadi

Ma’lum qilinishicha, Vashington va Tehron o‘rtasidagi bo‘lajak muloqot yana Ummon vositachiligida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu muzokara AQSH-Eron aloqalaridan tashqari, Tehronning diplomatik faoliyatida Yevropa bilan muloqotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Reuters AQSh bilan muzokaralar arafasida Eron “Evropa uchligi” vakillari – Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida ham xabar bermoqda. Ushbu uchrashuv 2 may kuniga belgilangan va u ham Rimda bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning yozishicha, Tehron Yevropa davlatlarining sanksiyalar bo‘yicha pozisiyasini aniqlashga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 21:01 30.04.2025. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!