Pentagon Senatdagi respublikachilarning tanqidlariga qaramay, Ukrainaga 400 million dollar miqdorida yordam ajratilishini tasdiqladi, deb bayonot berdi AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, mablag‘lar «Evropa imkoniyatlarini mustahkamlash» uchun yo‘naltiriladi va «kechagi holatga ko‘ra, ular allaqachon ajratib bo‘lingan».
Vazir yordam paketining tarkibiy qismlari va tafsilotlariga to‘xtalmadi.