Hujumchi Markus Reshford "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kataloniya klubi 27 yoshli futbolchini 30-35 million yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi (manbalardagi ma’lumotlar turlicha).
Mundo Deportivo sahifalarida Reshford "Barselona"da qaysi raqamlarni olishi mumkinligi haqida yozishdi. Asosiy variantlar uchta - o‘z vaqtida Tyerri Anri (Reshfordning kumiri) harakat qilgan 14-raqam, yaqinda Lamin Yamaldan bo‘shagan 19-raqam va Ilkay Gyundogan ketganidan keyin bo‘sh qolgan 22-raqam.
Ma’lumki, La Ligada asosiy tarkib futbolchilari 1-25 raqamlarda qayd etilishi kerak.
"Barselona" seshanba kuni Markus Reshfordni tanishtirishni rejalashtirmoqda.