Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Reseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

Reseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

“Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi har yili bir marotaba Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Shunga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda vazirlik telegram-kanali.

Yangi tahrirda monopreparatlar ro‘yxatidan (ya’ni tarkibida bir dona ta’sir etuvchi moddasi mavjud bo‘lgan dori vositalari), 6 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlanib, 4 ta yangi dori vositalari nomlari qo‘shilgan.

Majmuaviy preparatlar ro‘yxatidan (tarkibida ikki va undan ortiq ta’sir etuvchi moddasi bo‘lgan dori vositalari) esa 67 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlangan va 91 ta yangi dori vositalari nomlari qo‘shilgan.

Endilikda reseptsiz beriladigan monopreparatlar soni 189 tani tashkil etmoqda. Reseptsiz beriladigan majmuaviy preparatlar soni esa – 1087 tani tashkil etadi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 10:21 13.11.2018. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!