O‘zbekiston aprelda 1,9 mlrd dollarlik oltin eksportini amalga oshirdi. Bu navbatdagi rekord bo‘ldi.
Aprel oyida oltin narxi bir necha bor rekordlarni qayd etdi. Yuqori narxlardan foydalanib Markaziy bank ham oltin sotishga qaror qildi.
Biroq eksportning rekord darajaga chiqishiga oltin hajmi emas, narxlar sabab bo‘lmoqda.
Avvalgi yillarda oltin bundan ham ko‘proq ekpsort qilingan, narxlar sabab bunchalik yuqori summa kuzatilmagandi.
AQSh tomonidan Xitoyga kiritilgan import bojlari sabab aprelda oltin narxi troya unsiyasi uchun 3 400 dollardan oshgandi.
Markaziy bank quymalari ham rekord darajaga chiqdi. Ayni paytda narxlar biroz tushgan, lekin nisbatan yuqori saqlanib turibdi.
Ma’lumot uchun, aprel oyida xalqaro zaxiralar 50 mlrd dollarga yaqinlashdi va bu ham rekord bo‘ldi.