Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Real" yulduz futbolchi bilan kelishib oldi

"Real" yulduz futbolchi bilan kelishib oldi

"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Madridning "Real" klubiga o‘tishga rozilik berdi.

Fransuzning hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi. Jurnalist Santi Auna xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" Upamekano bilan kelajakdagi transfer bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Agar rejadan tashqari hech narsa sodir bo‘lmasa, 27 yoshli futbolchi iyul oyida erkin agent sifatida ispan grandi safiga qo‘shiladi.

"Real" vakillari Dayo Upamekanoning barcha talablarini qondirishga tayyorligini bildirdi. Futbolchi myunxenliklar safida 2021 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.

Kiritildi: 08:30 14.12.2025. O'qildi: 1289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!