Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" Vinisiusga narx belgiladi

"Real" Vinisiusga narx belgiladi

"Real" 2026 yilda braziliyalik vinger Vinisiusni sotishga tayyor. Bu haqda Defensa Central yozmoqda.

Qayd etilishicha, madridliklarning dastlabki rejasi vinger bilan shartnomani uzaytirish bo‘lgan. Ammo muzokaralar oldinga siljimayapti. Vinisiusning "Real" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi va "qaymoqranglilar" futbolchining tekinga ketishini istamaydi.

Ispan grandi braziliyalikni 150 mln yevroga sotishga tayyor. Umuman olganda, Vinisius "Real" safida jami 323 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urgan va 83 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 18:56 24.08.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!