Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Real" Vinisius uchun minimal narx belgiladi

"Real" Vinisius uchun minimal narx belgiladi

Vinisius Junior kelasi yili "Real"ni tark etishi mumkinligi aytilmoqda. Kuni kecha Madrid klubi mavsum yakunlangach, braziliyalik yulduzni sotishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfer News Live nashrining El Chiringuito dasturiga tayanib xabar berishicha, "Real" Vinisius uchun minimal narxni 150 million yevro etib belgilagan. Bu shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani fonida sodir bo‘ldi. Amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

"Real" 25 yoshli Vinisiusga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirishini kutmoqda.

Kiritildi: 08:58 07.11.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!