Madridliklar Vinisius Junior bilan xayrlashish niyatida emas, ammo klub braziliyalik futbolchini kompensasiyasiz qo‘yib yuborish niyatida emas.
"Qaymroqranglilar" rahbariyati futbolchining 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Muzokaralardagi asosiy to‘siq futbolchiga taklif qilingan moliyaviy shartlar bo‘lib qolmoqda. Kelib chiqqan kelishmovchiliklarga qaramay, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar konstruktivligicha qolmoqda, ammo muzokaralar vaqtincha to‘xtatildi.
Vinisiusning o‘zi ham "Real"da qolish va sovrinlar uchun kurashishni davom ettirish istagini yashirmadi. Klub prezidenti Florentino Peres ham hujumchining hissasini yuqori baholaydi va uni jamoa uchun muhim o‘yinchi deb biladi.
Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri "Real" safida to‘p tepmoqda. U "Flamengo"dan 45 million yevro evaziga o‘tgandi. U ushbu mavsum 15 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manbaning xabar berishicha, madridliklar Vinisiusga Krishtianu Ronaldu bilan bo‘lganidagi kabi yondashuvni qo‘llashga tayyor: agar futbolchi klubni tark etish istagini bildirsa, uning transfer narxi 200 million yevroni tashkil qiladi (Ronaldu uchun bu 100 million yevro edi).