Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» o‘z pozisiyasidagi eng yaxshi futbolchini yo‘qotdi»

«Real» o‘z pozisiyasidagi eng yaxshi futbolchini yo‘qotdi»

Madridning «Real» klubi sobiq murabbiyi Davide Anchelotti jamoaning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos haqida fikr bildirdi.

«Sen hech qachon qaytara olmaydigan narsangni yo‘qotasan. «Real» nimani yo‘qotdi? O‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisini. «Menga yangi Kroos kerak», deb aytish mumkin emas, chunki bunday futbolchi boshqa yo‘q», — dedi Anchelotti Diario AS nashriga bergan intervyusida.

Toni Kroos 2014 yildan 2024 yilga qadar «Real» safida to‘p surgan. Yarim himoyachi 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Germaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida to‘rt marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, Ispaniya kubogi, to‘rtta Ispaniya Superkubogi, beshta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va uchta UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 20:39 03.10.2026. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!