Madridning «Real» klubi «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni yozgi transfer oynasida o‘z saflariga qo‘shib olishdan umidvor. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» 26 yoshli futbolchiga to‘rt yillik shartnoma va yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini taklif qilgan. Shu bilan birga, «Liverpul» ham o‘xshash shartlarni taklif qilib, futbolchini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Aytilishicha, Aleksandr-Arnold hali o‘z kelajagi haqida yakuniy qarorni qabul qilmagan. Biroq, «Real» ushbu transfer bo‘yicha ijobiy natijaga ishonayotganini ma’lum qilgan. Himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.