Joriy yilning 19 dekabr kuni Bo‘stonliq tumani, “Fazogir” MFY, 3-uyda yashovchi fuqaro X. N. Bo‘stonliq tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z murojaatida Bo‘stonliq tumani, “Fazogir” MFY, Fazogir ko‘chasi, 22-uy, 4-xonadonda yashagan opasi S. N., pochchasi S. B. va jiyani M. B. (2006 yilda tug‘ilgan) yashash xonadonida vafot etganligini ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining aniq.uzga ma’lum qilishicha, Bo‘stonliq tuman STEning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fojiaga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.