Futbolchi Pol Pogbaning akasi qattiq rejim asosida qamaldi.
Eslatib o‘tamiz, Matias Pogba ukasi Polni o‘g‘irlab ketgan va uni qo‘yib yuborish uchun 13 mln yevro talab qilgan. 26 noyabr kuni ushbu ish yuzasidan sud jarayoni o‘tkazilgan.
Prokuratura Matia Pogbani 3 yilga (2 yili qattiq rejim asosida) ozodlikdan mahrum qilish jazosini uy hibsida ushlash yoki elektron braslet taqib yurish bilan almashtirish variantlarini tavsiya qildi.
"RMC Sport" ma’lumotiga ko‘ra, Matia Pogba 3 yilga qattiq rejim asosida ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni koloniyalarda o‘tkazishi belgilangan. Shuningdek, u 20 ming yevro miqdorida jarima to‘laydi.
Qolgan 5 nafar sudlanuvchi esa 1-8 yillik qamoq jazolarini oldi va 20dan 40 ming yevrogacha jarimaga tortildi. Shuningdek, qamoqdan chiqqan paytidan boshlab 10 yil davomida qurol olib yurish huquqidan mahrum qilindi.