Ispaniya chempionati 19-tur o‘yinida "Real" safarda "Atletik" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi - 3:0.
Kilian Mbappe dublni rasmiylashtirdi. Yana bir golga Eduardo Kamavinga mualliflik qildi, Mbappe unga assistentlik qildi.
Ikkinchi bo‘limda jarohatlar tufayli madridliklar futbolchilari Trent Aleksandr-Arnold va Kamavinga o‘yinni davom ettira olmadi.
"Real" La Ligadagi uch durangdan iborat seriyasini to‘xtatdi. Xabi Alonso jamoasi ochkolarini 36taga yetkazib, chempionat jadvalida "Barselona"dan 1 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.
"Atletik" 20 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.
La Liga. 19-tur
3 dekabr, 21:00
Atletik - Real - 0:3
Gollar: Mbappe, 7 (0:1). Kamavinga, 42 (0:2). Mbappe, 59 (0:3)
Atletik: Simon, Boyro, Lyaport, Vivian, Lekue (Areso, 46), Rego, Ruis de Galarreta (Gomes, 46), Uilyams (Sanches, 78), Xauregisar (Vesga, 69), Berenger (Serrano, 69), Guruseta
Real: Kurtua, Karreras, Ryudiger, Eder Militau (Garsiya, 78), Aleksandr-Arnold (Raul Asensio, 55), Bellingem, Tshuameni, Kamavinga (Arda Gyuler, 69), Vinisius Junior (Dias, 78), Mbappe (Rodrigu, 78), Valverde
Ogohlantirishlar: Berenger, 66. Rego, 76