"PSJ" vingeri Dezire Due "Real" qiziqish doirasiga tushdi. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi yosh futbolchini sotib olish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Uning transferi uchun "qaymoqranglilar" 100 million yevro to‘lashga tayyor.
"Real" Duega Parij jamoasida olayotganidan ko‘ra ko‘proq o‘yin vaqti kafolatlashi mumkin. Dezire Due 2024 yilda Renndan "PSJ"ga 50 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda vinger parijliklar safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Dueni 90 million yevro deb baholamoqda.