Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" "Oltin to‘p" sohibiga bo‘lgan qiziqishini qayta tikladi

"Real" "Oltin to‘p" sohibiga bo‘lgan qiziqishini qayta tikladi

"Real" klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida bozorni o‘rganmoqda. Transfer News Live nashrining TEAMtalk ga tayanib xabar berishicha, Rodrining "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlanishi yaqinlashgani sayin "qaymoqranglilar"ning yarim himoyachiga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda.

Qayd etilishicha, "Real" shu yozda Rodrini qo‘lga kiritish uchun jiddiy qadam tashlashga tayyor. Rodrining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Rodrini 75 million yevroga baholamoqda. Kelayotgan yozda xavbek 30 yoshni qarshi oladi. Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Rodri "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi, o‘shanda "Real" bu qarordan norozi bo‘lgandi.

Kiritildi: 23:32 07.02.2026. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!