Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real»ning sobiq darvozaboni Ronaldu bir marta barcha jamoadoshlariga iPhone sovg‘a qilganini esladi

A A A
«Real»ning sobiq darvozaboni Ronaldu bir marta barcha jamoadoshlariga iPhone sovg‘a qilganini esladi

«Real»ning sobiq darvozaboni Kiko Kasilya madridliklarning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldunining saxiyligini e’tirof etdi.

«Ronaldu — fenomen. U — akademiyadagi yosh futbolchilarga ham yordam beradigan ajoyib inson. Undan hamma narsani so‘rang va u sizga yo‘q demaydi.

Mavsumoldi mashg‘ulotlari uchun AQShga borganimizda, u jamoa a’zolari va barcha xodimlarga yangi iPhone hamda Apple watch sotib oldi. U buni hech qayerda aytmaydi, chunki u bunday ishlari bilan maqtanishni yoqtirmaydi. U — shunday ishlari bilan boshqalarga yordam berishni yoki minnatdorchilik bildirishni yoqtiradigan odam», — dedi Kasilya El After de Post United podkastida.

Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha, sobiq darvozabon esa 2015 yildan 2018 yilgacha «Real»da o‘ynagan.

Kiritildi: 23:48 13.07.2025. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!