Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real"ning Konate uchun tayyorlab qo‘ygan summasi ma’lum bo‘ldi

"Real"ning Konate uchun tayyorlab qo‘ygan summasi ma’lum bo‘ldi

Ibraima Konate transfer oynasi oxirida "Liverpul"dan "Real"ga o‘tishi mumkin.

Fransiya terma jamoasining 26 yoshli markaziy himoyachisi bilan shartnoma 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Liverpul" erkin agent sifatida "Madrid"ga o‘tgan Trent Aleksandr-Arnoldning ssenariysi takrorlanishidan xavfsiramoqda.

Avvalroq, "qizillar" yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunlarida "Real" Konate transferi bo‘yicha taklif bilan chiqishini istisno qilmayotgani oydinlashgandi.

"Qaymoqranglilar" Ibraima uchun 20-25 million yevrodan ortiq taklif qilmoqchi emas, chunki fransuzning kelishuvi muddati qisqa. "Liverpul" esa 50 mln xohlamoqda.

Konate o‘tgan mavsumda APLning 31 ta o‘yinida 1 ta gol urdi, 2 ta golga assistentlik qildi va 5 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 22:36 18.08.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!