Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Real" nega Xolandning transferiga qiziqmayotgani ma’lum bo‘ldi

"Real" nega Xolandning transferiga qiziqmayotgani ma’lum bo‘ldi

Madridning “Real” klubi hujumchi Erling Xolandni sotib olishga qiziqmayapti.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi norvegiyalik futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan 2024 yildan boshlab ozod qilish bandiga ega bo‘lishiga qaramay, uning transferini ustuvor deb hisoblamaydi.

Ayni damda Madrid rahbariyati Xolandni sotib olish variantini deyarli ko‘rib chiqmayapti. Klub uning jarohati tarixidan xijolat tortmoqda, ammo transfer uchun undan ham kattaroq to‘siq - bu hujumchining maoshi. U olayotgan maosh "Real Madrid"da juda baland sanaladi.

22 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Manchester Siti” safida barcha turnirlar doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:49 05.12.2022. O'qildi: 3980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!