Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» Mourinyoning tayinlanishini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

«Real» Mourinyoning tayinlanishini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

Joze Mourinyo Madridning «Real» klubiga qaytishga juda yaqin turibdi. «The Special One»ning tayinlanishi — deyarli hal bo‘lgan masala. Cope nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qirollik klubi» portugaliyalik mutaxassisning qaytishini mavsum tugashi bilan e’lon qiladi.

«Qaymoqranglilar»ning joriy mavsumdagi so‘nggi o‘yini 24 may kuni «Atletik Bilbao»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. «Real» allaqachon chempionlik imkoniyatlarini yo‘qotgan: yakshanba kuni jamoa safarda «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi va bu natija marraga uch tur qolganda «ko‘k-anorranglilar»ning chempionligini ta’minladi.

Mourinyo yanvar oyidan beri madridliklar boshqaruvida turgan Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallaydi. Hozirda Joze «Benfika»da faoliyat yuritmoqda, Portugaliya klubi murabbiy bilan xayrlashgani uchun taxminan 6 mln yevro kompensasiya oladi.

Kiritildi: Bugun 11:28. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!