Marca nashri sahifalarida yakshanba kuni "Real"ning transfer rejalari haqida material e’lon qilindi. Materialda qayd etilishicha, yarim himoyachilar Rodri ("Manchester Siti") va Adam Uorton ("Kristal Pelas") Madrid superklubining nishonlari emas.
Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, "Real" "PSJ" yarim himoyachisi Vitinyaga qiziqmoqda. To‘g‘ri, portugaliyalikning joriy yozda Madridga ko‘chib o‘tishi uning amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar tufayli istisno qilingan. "Qaymoqranglilar" 2026 yilning yozida Vitinyani o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin.
Avvalroq matbuotda 2025/2026 yilgi mavsumdan keyin Vitinyani "PSJ"dan 90 million yevroga sotib olish mumkinligi haqida yozishgandi.