"Manchester Yunayted" Kazemiro ketishi mumkinligini inobatga olib, maydon markazini kuchaytirmoqchi. Fichajes portali ma’lumotiga ishonadigan bo‘lsak, "qizil iblislar" "Real"ga yarim himoyachi Orelyen Tchuameni bo‘yicha taklif bilan chiqqan.
Manbaga ko‘ra, taklifda gap 90 million yevro - 70 million kafolatli + 20 million bonus haqida borgan. Biroq, "Real" 25 yoshli fransuz bilan xayrlashishni istamayotgani uchun Angliyadan kelgan taklifni rad etdi.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Tchuameni transferi bo‘yicha yangi urinishlarni amalga oshirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.