"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso kelasi yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, mutaxassisga "Real" va "Bavariya" da’vogarlik qilmoqda.
Avgust oyida "Bayer" 41 yoshli mutaxassis bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishini e’lon qilgan edi. U 2022 yilning kuzida jamoani qabul qilib olgan edi.