Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

"Real Madrid" "Manchester Siti"ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilari haqida rasmiy ma’lumot berdi

"Real Madrid" "Manchester Siti"ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilari haqida rasmiy ma’lumot berdi

Madridning «Real» klubi o‘zining rasmiy saytida Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi ilk o‘yin oldidan tarkibdagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi. Madridliklarning bir yo‘la olti nafar futbolchisi ushbu muhim bahsni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Ular orasida jamoa yetakchilari — fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe va britaniyalik yarim himoyachi Jud Bellingem ham bor.

«Alaba, Bellingem, Karreras, Sebalyos, Mbappe va Militao jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirishmoqda», — deya xabar berdi klub matbuot xizmati o‘yin prevyusida.

Bundan tashqari, hujumchi Rodrigo ham tizzasidagi operasiya tufayli safdan chiqqan. «Real Madrid» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 11 mart kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:37 10.03.2026. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!