Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real Madrid" "Arsenal" himoyachisi bilan muzokara o‘tkazmoqda

"Real Madrid" "Arsenal" himoyachisi bilan muzokara o‘tkazmoqda

"Real Madrid" bir necha hafta davomida Angliyaning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Uilyam Salibaning atrofidagilar bilan uning ehtimoliy transferi borasida muzokara olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, Saliba Los Blancos uchun o‘ziga xos va ustuvor maqsad; klub bir necha mavsumdan beri futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda - kelishuv shu yoz yoki keyingi yil amalga oshishi mumkin.

Futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Xabar qilinishicha, "Arsenal" himoyachiga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan, ammo klub bu erda chempionlikni qo‘lga kiritish mumkinligiga futbolchini ishontirishi kerak.

Transfermarkt 24 yoshli Uilyam Salibaning transfer qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:47 05.05.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!