Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" Kroos va Modrich o‘rnini yopadigan futbolchi topdi

"Real" Kroos va Modrich o‘rnini yopadigan futbolchi topdi

"Real" Angliya Premyer-ligasi yarim himoyachisini diqqat bilan kuzatmoqda. Gap "Kristal Pelas" a’zosi Adam Uorton haqida ketmoqda. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Real" Uortonni maydon markazida Toni Kroos va Luka Modrichning o‘rnini yopishga qodir futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, Uortonni "Real"ga olib kelish qiyin bo‘ladi. Madridliklar bu yozda transferni yirik sotuv amalga oshirilgan taqdirdagina amalga oshirishga urinib ko‘rishi mumkin. "Kristal Pelas" 21 yoshli Uortonni 80 million yevroga baholamoqda, bu esa "Real" uchun muammo.

Shuningdek, Adam Uortonga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 18:53 22.08.2025. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!