Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2 yilda 1 o‘tkazish g‘oyasi bilan chiqdi

"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2 yilda 1 o‘tkazish g‘oyasi bilan chiqdi

Madridning "Real" klubi rahbariyati klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2 yilda bir marta o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ning ushbu g‘oyasiga yaqinda yakunlangan turnirda boshqalarga qaraganda faolroq chipta sotib olgan muxlislar turtki bo‘lgan. FIFA rahbariyati bu g‘oyani rad etdi, biroq ishtirokchilar sonini 48 nafarga yetkazish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq Braziliyaning Jornal O Globo nashri buning aksini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino yaqin orada turnirni tez-tez o‘tkazish variantini muhokama qiladi.

Kiritildi: 10:21 16.07.2025. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!