Madridning "Real" klubi La Liga 12-turidan o‘rin olgan "Rayo Valyekano"ga (0:0) qarshi bahsda g‘alaba qozona olmadi.
"Qaymoqranglilar" o‘yinga yaqqol favorit sifatida yetib borishdi, ammo maydonda raqibdan yaqqol ustunlik ko‘rsata olishmadi. Uchrashuv yakunlangach, matbuotda yana murabbiy Xabi Alonsoning ishidan norozilik haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Shunday qilib, Marca xabariga ko‘ra, "Real" allaqachon ispaniyalik mutaxassisning o‘yin uslubiga shubha qila boshlagan.
Xabi Alonso yoz boshida Karlo Anchelotti o‘rnini egallagandi. Madrid grandi hamon Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.