O‘tgan yili Toni Kroosning yo‘qotilishi "Real"ga jiddiy zarba bo‘ldi, degan fikrlar bor. Yozda madridliklar maydon markaziga yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda.
Cadena SER efirida "Real" "qaymoqranglilar" safida Kroosning ideal vorislari deb hisoblanayotgan ikki futbolchini aniqlagani haqida ma’lumot berildi. Ushbu short-listdan "Manchester Siti"dan Rodri va "Real Sosyedad"dan Martin Subimendi o‘rin olgan.
28 yoshli Rodri nufuzli Transfermarkt portali tomonidan 130 million yevroga, 26 yoshli Martin Subimendi esa 60 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos o‘tgan yili faoliyatini yakunlagan edi.