Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» futbolchisi Mourinyo sabab APLga o‘tishdan bosh tortdi

«Real» futbolchisi Mourinyo sabab APLga o‘tishdan bosh tortdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Tyago Pitarch Angliyaga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo jamoada qolishga qaror qilgan.

19 yoshli futbolchiga «Fulxem» jiddiy qiziqish bildirgan. Yaqinda londonliklar bosh murabbiyi etib tayinlangan Alvaro Arbeloa «Real» va «Kastilya»da birga ishlagan Pitarchni jamoasiga olib kelishni istagan.

Biroq yosh yarim himoyachi Angliyaga ketishni xohlamagan. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, uning bunday qaror qabul qilishidagi asosiy omillardan biri Joze Mourinyoning unga bo‘lgan ishonchi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishidan oldinoq Pitarchning iqtidori haqida ijobiy fikrlarga ega bo‘lgan. Endi Mourinyo ispaniyalik futbolchini asosiy jamoada muntazam ravishda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Tyago Pitarch jarohati sabab «Real»ning mavsumoldi tayyorgarligini o‘tkazib yubormoqda. Biroq bu holat ham Mourinyoning rejalariga ta’sir qilmagan — «The Special One» klub akademiyasi tarbiyalanuvchisiga ishonch bildirmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:17. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!