Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" futbolchilariga katta pullar va’da qilindi

"Real" futbolchilariga katta pullar va’da qilindi

"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun futbolchilarga 1 mln yevrodan va’da berdi.

Madrid klubi shanba kuni chorak finalda Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi maydonga tushadi.

AS nashrining yozishicha, klubda musobaqani "strategik" deb atashmoqda, futbolchilar oldiga sovrin yutish maqsadi qo‘yilgan.

"Real" har bir futbolchiga g‘alaba uchun million yevrodan to‘lashga tayyor - bu "Madrid" qisqa turnir davomida futbolchilarga taklif qilgan eng katta mukofotdir.

Qayd etilishicha, yanvar oyida "Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga oddiy mavsumoldi safari sifatida emas, balki Chempionlar ligasi darajasidagi turnir sifatida qaragan.

Bunday xabar "Real" prezidenti Florentino Peresdan chiqqan va futbolchilarga yetkazilgan. Peres allaqachon ikki marta AQShga uchib kelgan va klub o‘yinlarini tomosha qilgan.

Kiritildi: 19:36 04.07.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!