Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

«Real» futbol tarixidagi eng dahshatli o‘ng qanotni yaratmoqchi

«Real» futbol tarixidagi eng dahshatli o‘ng qanotni yaratmoqchi

Madridning «Real» klubi «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni sotib olishni orzu qilmoqda. Bu transferni amalga oshirishni shaxsan klub prezidenti Florentino Peres talab qilmoqda: xabarlarga ko‘ra, u yaqin kunlarda fransuz futbolchisi uchun 150 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilishga va’da bergan.

Diario AS nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» rahbariyati o‘ng qanotda Maykl Olise, Federiko Valverde va Trent Aleksander-Arnold uchligining hosil bo‘lishi jahon futbolida katta farq bilan eng kuchli tizimga aylanadi, deb hisoblamoqda.

Biroq mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Bavariya» Oliseni hatto 200 million yevro evaziga ham sotmoqchi emas. 24 yoshli futbolchining Myunxen grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!