Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

«Real» fanatlari jamoadan Ronalduni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni talab qilishmoqda

«Real» fanatlari jamoadan Ronalduni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni talab qilishmoqda

Bugun, 5 fevral kuni Krishtianu Ronaldu o‘zining 41 yoshini nishonlamoqda. «Sporting», «Manchester Yunayted» va «Yuventus» klublari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali sobiq futbolchisini tabriklab ulgurishdi. «Real Madrid» esa hozircha sukut saqlamoqda.

«Qirollik klubi»ning ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa postlari ostida muxlislar faollashib ketishdi. Ular klubdan Ronalduga atalgan tabrikni e’lon qilishni tom ma’noda talab qilishmoqda. Ko‘ramiz, «qaymoqranglilar» muxlislar fikriga quloq tutisharmikan.

Krishtianu Ronaldu 2009–2018 yillar davomida «Real» sharafini himoya qilgan. Hozirda portugaliyalik yulduz «An-Nasr»da to‘p surmoqda. Jamoa Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:42 05.02.2026. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!