Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

"Real" YECHL qur’asidan norozi bo‘ldi

"Real" YECHL qur’asidan norozi bo‘ldi

Juma kuni "Real" Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ketma-ket beshinchi yil "Manchester Siti" bilan to‘qnash kelishini bilib oldi. Ispaniya va Angliya futboli grandlari 1/8 final bosqichida o‘zaro bahs olib borishadi.

Jurnalist Damian Kasolning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Real" klubi Chempionlar ligasi qur’asi natijalaridan hafsalasi pir bo‘lgan.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, klub ichida norozilik bor. "Real"ning ba’zi vakillari Tibo Kurtua va Antonio Ryudiger "Real" safida "Manchester Siti"ga qarshi "Chelsi" o‘yinchilari bo‘lgan vaqtdagidan ko‘proq o‘ynagani haqida kinoya bilan gapirmoqda.

"Real" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi dastlabki o‘yin Ispaniyada, javob bahsi esa Angliyada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 19:49. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!