Madridning "Real" klubi tez orada jamoada 10-raqamda kim harakat qilishi bo‘yicha yakuniy qarorga keladi. Raqam klubda 13 yil o‘ynagan Luka Modrichning ketishidan keyin bo‘shadi. Xorvat "Milan"ga erkin agent sifatida o‘tdi.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, hujumchi Kilian Mbappe "Real"da 10-raqam uchun yagona nomzod emas. Bu raqam hujumkor yarim himoyachilar Arde Gyuler va Franko Mastantuonoga ham nasib etishi mumkin. Argentinalik futbolchi hozirda Argentinaning "River Pleyt" jamoasida o‘ynamoqda. U "qaymoqranglilar" safini avgust oyida, 18 yoshga to‘lganida to‘ldiradi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe va Gyuler o‘tgan mavsumda mos ravishda 9 va 15-raqamlarda o‘ynagan edi.