"Real"da jamoa yarim himoyachisi Luka Modrich ketganidan so‘ng u o‘ynagan 10-raqam bo‘shab qoldi. Hozircha bu raqamni kim olishi ma’lum qilinmadi. Jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqlarda ushbu raqamni yulduz hujumchi Kilian Mbappe olishi kerakligi haqida yozdi.
"Katta ehtimol bilan Mbappe "Real"ning navbatdagi o‘ninchi raqamli futbolchisi bo‘ladi," - deb yozadi de Mon.
2024/2025 yilgi mavsumda Kilian Mbappe "Real" safida 9-raqam ostida harakat qildi. 10-raqam ostida Mbappe Fransiya terma jamoasida o‘ynaydi.
"Real"ga o‘tishdan oldin Mbappe "PSJ"da 7-raqamda o‘ynagan. Madrid klubida 7-raqam Vinisiusga tegishli.